Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan o‘zbekistonlik bolalarni olib uchgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

Toshkent xalqaro aeroportiga maxsus parvozni amalga oshirgan Boeing-757-23P samolyoti kelib qo‘ndi. Bog‘doddan uchgan bu samolyot bortida IShID jangarilari urush qilgan hududlardan olib kelingan bolalar bor.

 

«Mehr-2» deb atalgan bu operatsiya doirasida 64 nafar o‘zbekistonlik bola Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan O‘zbekistonga olib kelingan. Bolalarning 39 nafari o‘g‘il, 25 nafari esa qiz. Ular orasida 14 nafar 3 yoshgacha va 2 nafar ota-onasidan ayrilgan bolalar bor.

O‘zbekiston bunday operatsiyalarning birinchisini joriy yil 30 may kuni (ya’ni Ramazon oyi vaqtida) amalga oshirgan va «Mehr» deb nomlangan operatsiya doirasida 156 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun O‘zbekistonga olib kelingan bolalar maxsus sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirilib ularga barcha yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlash, ularni bog‘cha, maktablarga joylashtirish ham tashkillashtiriladi.

manba: kun.uz

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: