Kosonsoyda 32 oila yarashtirildi

Majburiy ijro byurosining Kosonsoy tuman bo‘limi voyaga yetmagan farzandlarning qonun bilan belgilangan huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzdandlarning moddiy ta’minoti uchun sud qarorlariga asosan undirilishi lozim bo‘lgan aliment to‘lovlari undirib berilmoqda.
Masalan, bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor I.Rahmonberdievdan undiruvchi Z.Tursunova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oyda topgan barcha turdagi daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor I.Rahmonberdievning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi 10.000.000 so‘mni tashkil etib, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 6 fevral kuni 8.000.000 so‘m aliment to‘lovlari undirib berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan ish yurituvidagi aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Natijada qator hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar samara berib, joriy yilning yanvar oyi davomida 32 ta oilalar yarashtirildi.
Xususan, bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor I.Mehmonovdan undiruvchi K.Eshondadaeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oyda topgan barcha turdagi daromadining ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan tushuntirishlar natijasida oilani yarashtirish ta’minlandi.
Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.
O‘zA

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: