Farg’ona shahar mutasaddilari diqqatiga: e’tibordan chetda qolgan «manzil»

Quva-Farg’ona yo’lidan viloyat markaziga kirib kelarkansiz, noxush manzaraga duch kelasiz.

2020 yil uchun nom berilganiga ham biroz vaqt bo’ldi. Ammo Farg’ona shahar hokimligidagilar buni unutishgan ko’rinadi.

photo5343537919157185677.jpg

Bo’lmasa katta yo’l yoqasidagi bannerda hali ham eski yil nomi «savlat» to’kib turarmidi. Har kuni bu yo’ldan avtomashinalar orqali minglab yurtdoshlarimiz o’tadi. Ular ham bu yozuvni ko’rib taajjublansa kerak.

Mayli bu bannerni almashtirish uchun endi navbat kelar, ammo shu katta avtomobil yo’li Quva ko’chasidagi maishiy chiqindilarning uyumiga nima deysiz?

 

photo5343537919157185673.jpg

Avvalo mehmon kirib keladigan ostona obod va ozoda bo’lishi kerakku. Shaharning kiraverishidagi bunday noxush manzaralar har qanday mehmonning dilini xira qiladi. Tasavvur qiling uyingizga kelayotgan mehmon bir uyum chiqindi ustidan hatlab darvozangizdan kirsa. Qanday ahvolga tushasiz. Yoki mehmonda siz va oilangiz haqida qanday tasavvur paydo bo’ladi.

photo5344024465937378669.jpg

«O’zbekiston pochtasi» Farg’ona viloyat filialiga ham har kuni ko’plab odamlar ish bilan keladi. Shunday katta binoning peshtoqida ham 2019 yil nomi turibdi. Vaholanki, mamlakatimizda 2020 yil – Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilingan bo’lib, bu borada amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Aslida har qanday katta xatolar oddiysidan boshlanadi. Shuning uchun biz mutasaddilarga ozgina bo’lsa ham e’tiborli bo’lishni tavsiya etamiz.

photo5344024465937378670.jpg

M. Sulaymonov, O’zA

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: