Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni ma’lum bo‘ldi

Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi.
Dastlab 40 va 45 kg. vazn toifasidagi qizlar mahoratini sinovdan o‘tkazdi. 40 kg. vazn toifasida kurashga kirishgan sportchimiz Diyoraxon Turg‘unova dast ko‘tarish mashqlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarish mashqlarida kumush medal bilan chegaralandi.
Shunday qilib, 2005 yilda tavallud topgan Diyoraxon Turg‘unova 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga ega bo‘ldi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: