O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi va «Yoshlar-kelajagimiz» Jamg’armasi hamda yosh tadbirkor 18 nafar yigit-qizning bandligini ta’minladi.

Joriy yilning 6 fevral kuni O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi Yakkabog’ tuman Kengashi deputati Alisher Jumanov tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektining ochilish marosimi tashkil etildi.

“Temurbek Mirzo” MChJ rahbari, yosh tadbirkor Temur Mirzayev ham “Yoshlar — kelajagimiz” jamg’armasidan olgan 700 million so’m imtiyozli kredit mablag’ini istiqbolli loyihaga yo’naltirdi. O’zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi va Jamg’arma ko’magi bilan faoliyati yo’lga qo’yilgan yangi tarmoqda Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar asosida tozalangan va boyitilgan ma’danli suv ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda 18 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi.

Tadbirda so’zga chiqqan Xalq deputatlari Yakkabog’ tuman Kengashi deputati A.Jumanov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va unda ko’tarilgan asosiy g’oyalar to’g’risida ma’ruza qildi.

voha-tv.uz

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: