Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashish uchun nimalar qilinmoqda?

Kashkadaryo viloyat FVB Axborot xizmati ma’lumot berishicha, Qashqadaryo viloyatida koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar aniqlangani yo’q.

Garchi tashvishga sabab bo’lmasada viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat quyi tizimlariga kiruvchi tegishli xizmatlar organlarining yangi tipdagi koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va viloyat bo’ylab tarqalishini oldini olish qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazmoqda.

Qashqadaryoda o’tkazilgan o’quv mashg’ulotda dastlab chegara-bojxona postidagi sanitariya-nazorat punkti xodimlari tomonidan teplovizor (pirometr) yordamida isitmasi ko’tarilgan yo’lovchining (shartli bemor) aniqlandi. Bu bemorning koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan bo’lishi mumkinligini inobatga olib, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda bemorning observator kasalxonaga olib kelinib kuzatuvga olindi. Bemor bilan aloqada bo’lganlarning kuzatuvda saqlanishi tegishli xizmatlar tomonidan amaliy tarzda bajarildi.

 

O’tkazilgan ko’rgazmali maxsus taktik o’quv mashqiga jami 76 nafar xodim, 86 nafar tinglovchilar (nazariy qismda) va 7 ta maxsus texnika jalb qilindi.

O’tkazilgan maxsus-taktik o’quv mashqi yakuni bo’yicha FVDqT ga kiruvchi tegishli xizmatlar yangi turdagi koronavirus infektsiyasini viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda hamkorlikda harakat qilishga “Tayyor” deb baholandi.

Manba: darakchi.uz

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: