Vodiyda yuz bergan YTHlar oqibatida bir kunda 4 kishi vafot etdi

13 fevral kuni soat 14:20 larda 4R-109 Farg‘ona halqa yo‘lining 112 kilometrida Nexia avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlanishi natijasida Spark bilan to‘qnashib ketgan. O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, natijada Spark haydovchisi L. S. jarohatlar oqibatida shifoxonada olamdan o‘tgan. “Gazeta.uz” esa shifoxonaga yotqizilgan Spark yo‘lovchisi S. I. ham vafot etganini xabar qilmoqda.

Shuningdek, 13 fevral kuni Andijon viloyatida Asaka tumanida yashovchi X.M. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirib boshqarishi oqibatida, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Neksiya-3” rusumli avtomashina yo‘lovchilari I.J. va N.P.lar tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi M.B.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

Elektron pochtangiz ko‘rsatilmaydi. Barcha * bilan belgilanganlarni to‘ldirish shart.

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: