Nishon tumani: Online darslarni ham zabt etdik!  

Qashqadaryo  viloyati  Nishon  tumani Xalq ta’limi bo’limining  38-Maktabida 2826 ta o’quvchi  yoshlarga,  2373 ta pedagog kadrlar taxsil berib kelmoqda, deb takidladi Nishon tumani  xalq ta’limi mudiri Norsafar Yoqubov.

   

Tumandagi maktablar qatorida 10-umumiy o’rta ta’lim maktabining jamoasi ham yuqori darajada dars faoliyatlarini olib bormoqda.Ta’lim muassasasidagi boshlang’ich sinf o’quvchisi Yo’ldoshova Sayyora 5 tashabbus bo’yicha faol ishtirok etib kelmoqda.Ushbu yutuqlarning barchasi maktab direktori Abduahad Boymurodovning samarali mehnati mahsulidir. Viloyatimizda masofaviy ta’lim jarayonlari bilan bir qatorda, online olimpiadalarning o’tkazilishi ham o’z natijasini bermoqda. Buning isboti sifatida tumandagi 1-umumiy o’rta ta’lim muassasasini takidlab o’tishimiz mumkin.Maktab direktori  Aleksey Kim hamda matematika fani o’qituvchisi Annayeva Nilufarning fidoiy mehnatlari natijasida o’quvchilar fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Buni 4-sinf o’quvchisi Ro’ziyev Diyorbekning matematika fanidan erishgan yutuqlari misolida yaqqol kuzatishimiz mumkin.

           

voha-tv.uz Gulxayo QURBONOVA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan