Madaniyat vazirligi ijodkor yoshlar uchun tanlov eʼlon qildi

Yurtimizda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan, yoshlarning madaniyat va sanʼatga boʻlgan qiziqishlari, ijodiy faolligi va iqtidorini ragʻbatlantirish maqsadida “Yoshlarda madaniy hayot” respublika festivalini eʼlon qiladi.

Festival 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan havaskor va professional ijodkor yoshlar orasida quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

Eng yaxshi Piano & Dutor battle ijrochilari;

Eng yaxshi baxshichilik sanʼatidagi Cover & DJ ijrochilari;

Eng yaxshi “Yoshlarda madaniy hayot – Cultural life among the youth” Fleshmob & Chellenge mualliflari;

Eng yaxshi “Madaniy hayot, oq va qora rangda – Cultural life, in white and black” mavzusidagi foto suratlar muallifi.

Festivalga barcha ijod namunalari joriy yilning 20-iyunidan 10-iyuliga qadar Madaniyat vazirligining telegramdagi @mvforbot maxsus tanlovlar boti orqali qabul qilinadi.

Festival gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 4 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, gʻolib deb topilgan ishtirokchilarga yoʻnalishlar boʻyicha taniqli madaniyat va sanʼat vakillari bilan bir martalik duet, hamkorlikdagi ijodiy ishni amalga oshirish imkoniyati beriladi.

Festival yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2020-yilning 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida tantanali ravishda oʻtkaziladi.

Shoshiling! Mashhurlik sari ilk qadamlar sizniki boʻlishi mumkin.

Tanlov jarayonlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar @madaniyatvazirligi rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.

OʻzA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan