Zinedin Zidan: “Xames Rodriges maydonga tushishni xohlamayapti”

“Xames qaydnomaga kiritilmadi, chunki buni uning o‘zi xohlamadi. Boshqa bu haqda gapirishni xohlamayman”, — deydi Zidan.

Futbolchi avvalroq “Real”dan ketish istagida ekanligini ham ma’lum qilgandi. Shuningdek, “Real” uni hamshahari “Atletiko Madrid”ga sotmaganini ham ta’kidlagandi.

Xames Rodriges 2014-yildan (2017—2019-yillarda “Bavariya”da ijarada asosida harakat qildi) beri “Real” safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatining 8 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golga hammuallif bo‘ldi.

 

Manba; Daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: