“Barselona” prezidenti jarimaga tortilishi mumkin. U “Real” o‘yinida VAR’ni yaxshi ishlamaganlikda ayblagandi

Ispaniya futbol federatsiyasining texnik qo‘mitasi La Liga doirasida o‘tkazilgan “Atletik” – “Real” o‘rtasidagi uchrashuvni (0:1) boshqargan hakam Xose Luis Gonsalesning qarorlarini ko‘rib chiqadi.

Ta’kidlanishicha, hakamning qarorlarini tanqid qilgani uchun “Atletik” sardori Iker Muniain va “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu 18 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, hakamning mazkur uchrashuvda penalti belgilan va Serxio Ramos jarima maydonchasi ichida “Atletik” futbolchisi bilan kontaktda bo‘lgan vaziyatlar ko‘rib chiqiladi. Biroq qo‘mitaning fikricha, bosh hakam ham, VAR ham xatosiz ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu VAR’ning faqat “Real” foydasiga qaror chiqarishi haqida gapirgandi.

34-turdan keyin Madrid klubi 77 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda borayotgan “Barselona” hisobida esa 73 ochko bor.

 

Manba; Daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: