O‘zbekistonda prezidentning 500 ga yaqin eskirgan va ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlari bekor qilindi

«O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan prezidentning 500 ga yaqin eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlari bekor qilindi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi:

– Oliy Majlis palatalari, prezident, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining individual va tashkiliy tusdagi hujjatlarini normativ-huquqiy hujjatlardan farqlash mezonlarini belgilash;

– yangi tahrirdagi qonun hujjatini qabul qilish o‘rniga yangi qonun hujjatini qabul qilish amaliyotini joriy etish;

– Prezident va hukumatning rasmiy sanalarni nishonlashda ishlanmaydigan kunni belgilash, dam olish kunini ko‘chirish hamda tadbirlarni o‘tkazish haqidagi hujjatlarini yil yakuni bo‘yicha o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish amaliyotini joriy qilish;

– qonunchilik bazasini xatlovdan o‘tkazish va uni tizimlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Shuningdek, farmonga ko‘ra:

– qonun hujjatlari loyihalarini tartibga solishning ta’sirini baholash loyihani ishlab chiqqan tashkilotlar tomonidan regulation.gov.uz portali orqali;

– amaldagi qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash huquqiy monitoring bo‘yicha elektron maydonchadan foydalangan holda;

– mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini baholash “E-Qaror” yagona elektron tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha tahliliy materiallar qonun hujjatlari loyihalariga ilova qilinishi shart:

– muammo tahlili va hal etish yo‘llari;

– raqobatga ta’sirning bahosi;

– yangi tartibga solish vositalari va ularni joriy etishning ehtimoliy oqibatlari prognozi va bahosi;

– fuqarolar va tadbirkorlar uchun foyda va xarajat tahlili.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: