Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlanadi. Farg‘onaga kim hokim bo‘lishi ma’lum qilindi

Xabar.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda ishlab kelgan O‘ktam Barnoyev bir necha kun muqaddam hayotdan ko‘z yumgan edi.

Farg‘ona viloyati hokimligiga Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tayinlanishi mumkin. Hozircha Namangan viloyati boshqaruvi kimga topshirilishi haqida ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: