“Qizil hudud”ga tushgan tumanlarda matbuot anjumani o‘tkazildi

Anjumanlarda qayd etilishicha esa Yozyovonda elektr tarmoqlari tizimini talab darajasiga keltirish uchun 1,6 milliard so‘m, Qo‘shtepa tumanida esa 7,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Farg‘ona viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan “qizil hudud”ga tushgan Furqat hamda Yozyovon tumanlari hokimligida sektorlar rahbarlari ishtirokida mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumanlari tashkil etildi.

Yozyovonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2020 yilda tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi doirasida jami 34 ta loyiha tayyorlangan edi. Hozirga qadar 28 ta loyiha amalga oshirilib, 7 ta loyiha yil yakuniga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda.

Reyting bahosi past deb topilgan har bir tumanda sanoat va tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari infratuzilmasi talab darajasida emasligi aksariyat hollarda ro‘kach qilinadi. Anjumanlarda qayd etilishicha esa Yozyovonda elektr tarmoqlari tizimini talab darajasiga keltirish uchun 1,6 milliard so‘m, Qo‘shtepa tumanida esa 7,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Aynan elektr ta’minotidagi masala hal etilgani tufayli Yozyovonda 8 ta korxona qayta faoliyatini tiklab oldi. Shundan ham ko‘rinmoqdaki, joylarda mavjud muammolarni hal etish uchun hamjihatlikda ish tashkil etilsa, hududlarning imkoniyatlari to‘g‘ri baholansa ijobiy natijalarga erishiladi.

Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: