Farg‘onadagi tartibsizlik bo‘yicha 8 kishi qo‘lga olindi

Farg‘onada «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida bahsda hakamni kaltaklagan va ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun 8 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib Tribuna.uz muxbiri xabar berdi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy kanalida ushbu o‘yindan keyingi holatlar bo‘yicha bayonot berildi.

«Neftchi» – «Turon» uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga qonuniy baho beriladi», deyiladi bayonotda.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: