Toshkentlik yigit o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli o‘z akasini pichoqlab o‘lldirdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni soat 16:35 larda Chilonzor tumani, “Toshkent savdo markazi” kompleksi hududidagi 5-blok, “G” qator, 127-savdo do‘koni oldida 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan N.M ishsiz o‘zaro kelishmovchilik oqibatida akasi 1991 yilda tug‘ilgan O.M. ning o‘ng ko‘krak qo‘ltiq osti sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Oqibatda, O.M olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Xabar berilishicha, Chilonzor tumanuman IIB tomonidan N.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qism “d” bandi (ta’magirlik niyatida) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: