“Milliy gvardiya kubogi” sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

Uchquduq tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha “Milliy gvardiya kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.

Respublikamizda har yili O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilgan kuni va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 15 dekabrdan 15 yanvarga qadar “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Bu oylik Uchquduq tumanida ham juda katta tayyorgarlik va ko‘tarinki ruh bilan o‘tkaziloqda.

Tadbir avvalida mamlakatimizda yurt tinchligi Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotganligi haqida so‘z yuritildi.

Ushbu musobaqaga BO‘SMda shug‘ullanayotgan o‘smir yoshlarning 120 nafari jalb etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Bilol Nasriddinov, Og‘abek Mamatqulov, Asror Raxmatov, Baliy Nurmaxonovlar o‘z vazn toifalarida musobaqaning mutloq g‘oliblariga aylandi.

G‘olib va sovrindorlar Milliy gvardiya Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan diplom, medal hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: