Yaponiyada odamlar qordan jabr ko‘rmoqda

Yaponiyaning bir fuqarosi o‘tgan haftaning o‘rtalaridan buyon mamlakatning ayrim hududlarida yog‘ayotgan qor qurboniga aylandi. Yana 76 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Aksariyat hollarda odamlar tomlardan tushayotgan qor hamda qor tozalash paytida yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli jarohat olishgan, deb yozmoqda TASS Yaponiya ommaviy axborot vositalariga tayanib.

Alohida prefekturalar yordam so‘rab mamlakat mudofaa kuchlariga murojaat qilishgan. Niigata prefekturasi binolarning tomidan, birinchi navbatda, qariyalar uylaridagi qorni tozalash uchun harbiylar yordamidan umid qilishmoqda. Hudud rasmiylari ba’zi inshootlarning tomlari bu qadar ko‘p qorga dosh berolmasligi mumkinligidan xavotirda.

Fukui prefekturasi 500 dan ortiq haydovchi tiqilib qolgan vaziyatlarni bartaraf etish hamda yo‘llarni tozalash uchun harbiy xizmatchilarni yuborishni so‘ramoqda.

O‘tgan haftaning o‘rtalaridan beri Yaponiya aviakompaniyalari kuchli qor yog‘ishi sababli 500 dan ortiq reyslarni bekor qildi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: