Yaponiyada qattiq qor yog‘ishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlandi (video)

Yaponiya sohillarida qattiq qor yog‘di, deb yozadi “Kommersant”. Mahalliy NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ofat oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlangan.

Kuchli qor tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi, 500 dan ziyod aviareyslar bekor qilindi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishga mamlakat O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari otryadlari jalb qilindi. Niigata, Toyama, Isikava, Fukui va Gifu prefekturalari eng ko‘p jabr ko‘rdi. Ushbu hududlar aholisiga uyda qolish tavsiya etilmoqda. Sinoptiklar hisob-kitoblariga ko‘ra, qor yog‘ishi ikkinchi kun ham to‘liq davom etadi.

 

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: