Eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullarni almashtirishning oxirgi muddati aytildi

Eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati – 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.

Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati xabar bergan. «Fuqarolarning qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlar 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib beriladi» – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyul oyidan 500 va 200 so‘mlik banknotlar o‘z kuchini yo‘qotgandi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: