Qashqadaryodagi fotoqopqon yana bir qor qoplonini suratga oldi (video)

Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon nigohiga yana bir qor qoploni tushib qoldi.

Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon yana bir qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Hisor davlat qo‘riqxonasida Qizil kitobga kiritilgan qor qoploni qo‘riqxona nazoratchilari va ilmiy bo‘lim xodimlari tomonidan qo‘yilgan yashirin videotasvirga oluvchi kamera tasmasiga muhrlangan.

Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni 2020 yilning mart-aprel oylarida ham kamera ob’yektiviga tushib qolgandi.

2020 yil 26 aprel kuni Qizilsuv bo‘limiga o‘rnatilgan fotoqopqon tekshirilganda, 2020 yil 16 mart kuni soat 18:30da fotoqopqon nigohiga ikkita qor qoploni tushgani ma’lum bo‘ldi.

Qor qoploni O‘zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: