Serquyosh Ispaniyada -25 daraja sovuq hukm suryapti (foto, video)
Bu yilgidek ko‘p qorni Ispaniya yaqin 50-60 yilda ko‘rmagan, deyiladi BBC xabarida. Kamiga Yevropaning eng issiq mamlakatlaridan birida havo harorati -25 darajagacha sovib ketdi.
Iqlimiy anomaliya mamlakat transport tizimini chin ma’noda bo‘g‘ib qo‘ydi.
Poytaxt Madrid aholisi, nihoyat, haqiqiy qish tashrifidan shodligini videolavhadan ko‘rish mumkin. Shahar ko‘chalarida odamlar qorbo‘ron o‘ynab, chang‘ida uchib yurishibdi.
Madrid’s Gran Via today was the scene of an epic snowball battle interumpted briefly by a skier who swiftly became the target #NieveInMadrid #Filomena #NevadaMadrid #Madrid #nievemadrid #snow pic.twitter.com/cGsD4Y1ig1
— The Local Spain (@TheLocalSpain) January 9, 2021
Ob-havoning keskin o‘zgarishiga «Filomena» to‘foni sababchi bo‘lgani aytilmoqda.
Manba: xabar.uz