O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi qonunbuzarlarga qarshi jiddiy chora ko‘riladi
O‘zbekistonda internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralari takomillashtiriladi. Bu haqda 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Buning uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada internet jahon axborot tarmog‘ida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va tegishli shaxslarni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
2021-yilning 1-apreligacha tayyorlanishi lozim bo‘lgan ushbu loyiha ijrosiga Bosh prokuratura, IIV, AOKA, DXX, Oliy sud hamda tegishli vazirlik va idoralar mas’ul etib belgilangan.
Manba: xabar.uz