O‘zbekistonliklar qachon “COVID-19”ga emlanishi ma’lum qilindi

Xabaringiz bor, ayni vaqtda mamlakatimizda Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi davom etmoqda. bugungi kunda yurtdoshlarimizning 3 ming 400 nafardan ortig‘i koronavirus kasalligiga qarshi vaksina olgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov “Zamon” informatsion ko‘rsatuviga bergan intervyusida “Pfizer/BioNtech vaksinasi uchun 100 000 dozaga rasman buyurtma berilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani 1-1,5 oyda keltirish ko‘zda tutilgan. Vaksinalar kelishi bilan faol ish olib boriladi. Aholini vaksinatsiyalash fevralning oxiri, martning boshida boshlanishi rejalashtirilyapti.

Avvalroq Botirjon Qurbonov vaksina samarasi qanday nazorat qilinishi bo‘yicha ma’lumot berib, emlangan shaxslar, birinchi navbatda, qo‘lining vaksina yuborilgan qismini kun davomida yuvmasligi kerakligini aytgandi. Shuningdek, emlangan har bir fuqaro bir hafta mobaynida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishi, xususan, spirtli ichimlik va boshqa zararli mahsulotlardan tiyilishi talab etiladi. Mavsumga mos ravishda kiyinib, gripp, yuqori nafas yo‘llari virusli kasalliklaridan saqlanishi lozim.

Manba: o’za.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: