Yangi Angren IESda portlash sodir bo‘ldi

Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasida portlash sodir bo‘ldi, hozir voqea joyida FVV qutqaruvchilari ishlamoqda.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berayotir.

Bugun, 20 yanvar kuni soat 11:42 da Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.

Manba: o’za.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: