Sardobada daraxt kesganlarga qariyb 127 million so‘m jarima solindi

Sardoba tuman davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda «Ekologuz» kanali xabar berdi.

Reyd davomida Sardoba tumani «Sh.Rashidov» SIU hududidagi «Indorama agro» MChJga qarashli 301-kontr dala yer maydonida fuqarolar R.M, T.A, X.S, X.I noqonuniy ravishda 18 dona 2 turdagi «Qayrag‘och» va «Jiyda» daraxtlarini kesganligi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan joyida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar 126 mln 910 ming so‘m etib hisoblangan. Hozirda to‘plangan hujjatlar jinoiy ishlar bo‘yicha Sardoba tuman sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: