Rossiyada koronavirusning “britancha” shtammini aniqlaydigan birinchi test tizimi ishlab chiqildi

«Rospotrebnadzor” (Rossiya Iste’molchilar huquqlari va inson farovonligi sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmat) olimlari koronavirusning “britancha” shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test tizimini ishlab chiqdi va ro‘yxatdan o‘tkazdi – deya xabar qildi  “RBK” muassasa bayonotiga tayangan holda.

Testni ishlab chiqish bilan “Rospotrebnadzor”ning epidemiologiya bo‘yicha markaziy ilmiy tadqiqot instituti shug‘ullandi.

“Yangi test tizimi aynan mutatsiyaga uchragan shtammning bor-yo‘qligini tezkor aniqlaydi, bunga ‘britancha’ mutatsiyani samarali amplifikatsiya qilish uchun oligonukleotidlarni alohida saylab olish orqali erishilgan va virusning 106 nusxa/ml darajasidagi maksimal zichligiga moslashtirilgan. Bu virus yuklamasi juda katta bo‘lgan namunalar uchun mutatsiyani aniqlashda soxta musbat natijalar kelib chiqishidan saqlaydi”, — deb “Rospotrebnadzor” aniqlik kiritgan.

Reagentlar to‘plami klinik tadqiqotlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va yuqori aniqlikka ega. Buni mutatsiyaga uchragani tasdiqlangan virusning klinik namunalarida o‘tkazilgan sinovlar isbotladi.

Ushbu texnologiyalar asosida koronavirusning boshqa har qanday mutatsiyalarini, shuningdek, tezkor ommaviy testdan o‘tkazish talab qilinadigan boshqa yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni aniqlash uchun ham test tizimlarini yaratish mumkin.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: