Dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi e’lon qilindi

Amerikaning The CEOWORLD magazine jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi e’lon qilindi.

Mazkur ro‘yxatni tuzishda 11 ta mezonga e’tibor qaratildi. Harbiy kuch, xalqaro ittifoqlar, mamlakat rahbariyatiga hurmat, xalqaro savdo va sayohat, iqtisodiy qudrat, madaniyat, diplomatik ta’sir, global miqyosdagi diaspora, OAVga ta’sir, ehtiyojmand davlatlarga yordam va dunyoning qoloq qismi bilan aloqadorlik shular jumlasidandir.

Reyting 280 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan so‘rovnoma asosida yaratildi.

Mualliflarning qayd etishicha, kuchli o‘ntalikdan AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Italiya va Isroil joy oldi.

Ruminiya(55), Pokiston(56) va Slovakiya(56) esa  oxirgi pog‘onalarni yakunlab berdi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: