Ombudsman: Kaltaklangan mahbusga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Kuni kecha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Ohangarondagi 48-son manzil-koloniyada mahkum Fayzullo Mayunusov mayor va operlar tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha sektor xodimlari Toshkent viloyatidagi mazkur manzil-koloniyaga borib, mahkum Fayzullo Mayunusov bilan yakka tartibda suhbat olib bordi.

Suhbat yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlanib, to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi va ular tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olingan bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritilgach natijasi bo‘yicha OAVga batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili

(Ombudsman) matbuot xizmati

Manba: o’za.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: