O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etadi

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina aholining xavf ostidagi qatlamiga berilishi haqida xabar berilgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassisi Vazira Mutalovaning ma’lum qilishicha, respublika bo‘ylab ularning soni 4 112 668 nafarni tashkil etadi.

Shundan:

  • 65—74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar 1 085 797 nafar;
  • 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar 388 686 nafar;
  • 85 yosh va undan yuqori yoshdagi keksalar 139 280 nafar;
  • tibbiyot xodimlari 447 ming 976 nafar;
  • surunkali kasalliklari bor aholi (18−65 yosh) 888 190 nafar;
  • maktab o‘qituvchilari 689 383 nafar;
  • maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari 223 426 nafar;
  • qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 180 ming nafar.

Ular o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi.

Avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin kishi COVID-19’ga qarshi emlanishini ma’lum qilgandi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa 2021-yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina sotib olish xarajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratishini bildirgan.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: