O‘zbekistonning ekologik tozalik reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilda atmosfera havosiga sanoat korxonalari va transport vositalaridan 2 299 000 tonna zararli chiqindilar chiqarilgan. Shuningdek, mamlakat  AQShdagi maxsus ekologik huquq va siyosiy markazi reytingida 2020 yilda 88-o‘ringa ko‘tarilgan. 

Bular haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov ma’lum qildi.

«2016-yilda atmosferaga 2 556 000 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Shundan 1 546 000 tonna chiqindi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mamlakatlarning ekologik tozalik darajasi bo‘yicha xalqaro reytinglar bor, xususan AQShdagi maxsus ekologik huquq va siyosiy markaz tomonidan har 2 yilda ushbu reytinglar shakllantiriladi. Shu reytingda O‘zbekiston 2018-yilda 136-o‘rinda edi, 2020 yilda 88-o‘ringa chiqdik».

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: