Boks bo‘yicha Osiyo chempioni Go‘zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Go‘zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ismatova saraton xastaligi tufayli olamdan ko‘z yumgan.

Go‘zal Ismatova — 1996 yil 3 yanvarida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Og‘ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan sportchi 2014—2017 yillar davomida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2017 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: