Kam ta’minlangan xonadonlarga quyosh va energiya tejamkor lampalar o‘rnatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal kilish maqsadida uzoq va olis hududlardagi kam ta’minlangan aholi xonadonlarni issiq suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis hududlaridagi kam ta’minlangan aholi xonadonlar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxat asosida aholi xonadonlarida elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zamonaviy quyosh va energiya tejamkor lampalar o‘rnatib berilmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan Taxiatash tumani “Nurli Keleshek” MFYdagi aholi xonadonlariga jami 2 dona quvvati 120 Vt bo‘lgan tashqi quyosh panelli ko‘cha yoritkichlar va 30 dona kuvvati 10 Vt va 12 Vt bo‘lgan energiya tejamkor lampalar o‘rnatilib berildi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: