Turkiyada yangi cheklovlar joriy etildi

Turkiya Respublikasida koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on tomonidan quyidagi yangi cheklovlar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

  • hafta davomida 5 kun soat 21:00 dan 05:00 gacha tungi komendantlik soati;

Qizil viloyatlarda, shu jumladan Istanbul shahrida ham, shanba va yakshanba kunlari komendantlik soatiga amal qilinadi.

  • umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) viloyat rangidan qat’i nazar, 50 foiz bandlik bilan ishlaydi;
  • uyga yetkazib berish xizmati dam olish kunlari amalga oshiriladi.

Ramazon oyida (2021 yil 13 aprel – 12 may) uchun yangi cheklov choralari:

  • Turkiyaning barcha viloyatlarida hafta oxiri komendantlik soati (shanba va yakshanba);
  • umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) faqat yetkazib berish uchun ishlaydi;

Ramazonda ommaviy iftorlik va saharliklar taqiqlanadi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: