«Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz» – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish choralarini nazoratga olish haqida gapirdi.

«Afsuski, bu baloning oxiri ko‘rinmayapti. Yevropa davlatlari yana lokdaunga kiryapti. Qo‘shnilarimizda ham ahvol yaxshi emas. Xavf yonimizda yuribdi. Shuning uchun ogoh bo‘lishimiz kerak. Oldin qanday ishlagan bo‘lsak, shu tartibni tiklaymiz. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan juda katta marralar qo‘yganmiz. Agar yopilib qolsak, bu natijalarga erisholmaymiz. Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz», – dedi davlat rahbari.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: