Olimlar stress paytida yurakni himoya qiladigan ichimlikni ma’lum qilishdi

Birmingem universiteti olimlari yurak mushagini stressli vaziyatlarning zararli ta’siridan himoya qilishga yordam beradigan ichimlikni ma’lum qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday ichimlik kakao hisoblanadi. Faqat uni muntazam ravishda iste’mol qilish lozim, deya xabar berdi Nutrients.

Tadqiqotchilar kakao donachalari tarkibida flavanoidlar — ruhiy tushkunlik paytida yurak-qon tomirlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar borligini aniqladilar. Ular shu tariqa a’zoni shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, flavanoidlarga boy kakao iste’mol qilish stressdan keyin endotelial disfunksiyalarning vaqtinchalik buzilishini kamaytirish hamda qon oqimini yaxshilashning samarali usuli bo‘lishi mumkin.

Olimlar ushbu shirin ichimlikni kundalik taomnomaga qo‘shishni maslahat berishadi. Negaki kakao ham kayfiyatni saqlashga xizmat qiladi. Uning mazali ta’mi depressiv kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan baxt gormoni – endorfin va serotonin ishlab chiqarishga ko‘maklashadi. Tadqiqotchilar, xuddi shu flavanoidlar nafaqat kakaoda, balki ko‘k choy, malina, gilos, maymunjon va uzumlarda ham mavjudligini eslatib qo‘ydilar.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: