Farg‘onada eri va milliy gvardiya xodimi bo‘lgan qaynakasi tomonidan kaltaklangan ayol voqeasiga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada ayol sobiq eri va milliy gvardiya xodimi bo‘lgan qaynakasi tomonidan dubinka bilan kaltaklangani haqida videoxabar tarqaldi.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan holat o‘rganib chiqildi. Bu haqda «darakchi.uz» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 22 iyun kuni fuqaro M.A. fuqaro M.N. bilan birgalikda Toshloq tuman Nodira ko‘chasida fuqaro U.D. (videolavhadagi jarohatlangan ayol) bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib, bir-birlarini haqorat qilishib, tan jarohati yetkazishgan.

Fuqaro M.A. Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi Dinamo Jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi xodimi bo‘lganligi bois, ushbu holat bo‘yicha Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, u O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ushbu Kodeksning 16-moddasiga (harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi) muvofiq, intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan hamda M.A.ga nisbatan tegishli intizomiy ta’sir chorasi ko‘rilgan.

Shuningdek, fuqarolar M.N. va U.D.larning harakatlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 va 52-moddalari bilan huquqiy baho berish uchun to‘plangan materiallar Toshloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasiga yuborilgan.

Toshloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv yakuniga ko‘ra, fuqarolar M.N. va U.D.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yuqoridagi moddalari bilan takroran rasmiylashtirilgan hujjatlar hozirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: