Navoiyda noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat qo‘yniga uchirib yuborildi

Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining cho‘l hududlariga yo‘rg‘a tuvaloqlar qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir 2-3 sentyabr kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi, «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» NNT hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirildi.

Tabiat qo‘yniga 800 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Dubay amirligi hukumati tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» da ko‘paytirilgan. Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon (2008 yil) jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirildi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: