MDHdagi yetti mamlakat havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshiradi

Mashg‘ulotlarda Rossiya, Armaniston, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirok etadi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo yetti mamlakat juma kuni boshlangan mashg‘ulotlar doirasida havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshiradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

Mashg‘ulotlarda Rossiya, Armaniston, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirok etadi. Birlashgan muudofaa tizimi Moskvadagi boshqaruv markazidan boshqariladi.

Xabarda aytilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlarining chegarani buzib o‘tgan havo kemalariga, olib qochilgan samolyotlarga nisbatan amalga oshiradigan harakati hamda halokatga uchragan havo kemalari ekipajlariga yordam berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlarga yetti mamlakatdagi 130dan ortiq qo‘mondonlik punktlari va 60dan ortiq samolyot jalb etilgan. Mashg‘ulotlarda jumladan, Su-27ye MiG-29, MiG-31 va Yak-130 qiruvchi samolyotlari, Su-24 va Su-34 bombardimonchilari, Su-25 shturmchilari, Tu-22 va Tu-160 og‘ir bombardimonchi samolyotlari qatnashmoqda.

Manba: kun.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: