Qamchiq dovonida Mercedes furgoni yonib ketdi

Namanganda Mercedes-Benz Sprinter furgonida qisqa tutashuv natijasida yonib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 26-sentabr kuni soat 16:00 atrofida Toshkent–O‘sh xalqaro avtomagistralining 277-kilometrida sodir bo‘lgan. Mercedes-Benz Sprinter haydovchisi poytaxt tomonga harakatlanayotgan vaqtda mashinada yonish hidini sezgan.

Avtomobil egasi salondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu orada mashina katta yong‘in boshlangan. 3 daqiqa ichida voqea joyiga Qamchiq maxsus qidiruv, o‘t o‘chirish va qutqaruv bo‘limi ekipajlari va Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pop bo‘limi ekipaji yetib kelgan.

Skrinshot: Telegram / FVV

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yong‘inga mashina dvigatelidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: