Qarshi davlat universitetida ham an’anaviy darslar boshlandi

Qarshi davlat universiteti 2020 yil 16 noyabrdan boshlab hozirgi kundagi pandemiya holatlari, belgilangan karantin tartiblariga rioya qilgan holda belgilangan va tasdiqlangan reja-jadval asosida o‘quv jarayoni 2 smenada tashkil etildi.

Birinchi bosqichda tahsil olayotgan 2 ming 576 nafar talaba uchun haftaning dushanba, seshanba, chorshanba kunlari hamda 4 kurslarda tahsil olayotgan 1 ming 828 nafar talaba uchun payshanba, juma, shanba kunlari an’anaviy o‘quv jarayonlari tashkil etilgan va qolgan hafta kunlarida masofaviy ta’lim usuli tanlangan, jumladan, 1 va 2-bosqichda tahsil olayotgan 360 nafar magistratura talabalari uchun  2020 yil 16 noyabrdan boshlab haftaning har kunida an’anaviy o‘quv jarayonlari tashkil etilgan.

Universitet imkoniyatidan kelib chiqib 2 va 3-bosqichda tahsil olayotgan 5 ming 304 nafar kunduzgi shakl talabalari uchun an’anaviy o‘quv jarayonlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Qarshi davlat universitetida 15 ming nafarga yaqin talaba o‘qiydi. Shundan 10 ming nafarga yaqini kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qisa, 400 nafarga yaqin talabalar-yoshlar magistratura mutaxassisligida tahsil oladi.

O‘.BAROTOV,O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: