Farg‘onada 16 yoshli sinfdoshlar talonchilik qilishdi

Joriy yilning 5-fevral kuni soat 13:30 larda noma’lum shaxslar «Spark» rusumli avtomashinanada  Oltiariq tumani Yangiturmush MFY hududida talonchilik sodir etishdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular yo‘l chetida tanish qizi bilan gaplashib turgan voyaga yetmagan 17 yoshli Doniyorbek A. ni bir necha marotaba chaqirishadi. Uni zo‘rlik bilan avtomashinaning oldiga olib kelib, egnida bo‘lgan kamzulining chap cho‘ntagidagi narxi 4.100.000 so‘mlik «Samsung A-31» rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli Raxmatillo N., sinfdoshlari Husanboy T., Muhammadali M., Muhammadsodiq S. va Xayrullo T. lar bilan sodir etganliklari ma’lum bo‘ldi.

Ular Marg‘ilon shahar Baraka ko‘chasida yashovchi fuqaro Bekzod A. ga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinani 1 soatga 50.000 so‘m evaziga ijaraga olib, hech qanday hujjatlarsiz ushbu avtomashinani boshqarishgan hamda fuqaro Doniyorbek A.ga tegishli bo‘lgan «Samsung A-31» rusumli uyali telefon apparatini Marg‘ilon shahar yashovchi Sardor K.ga uyali telefon apparatining hujjatlari yonib ketganligini aytib, 1.500.000 so‘m evaziga sotib yuborishgan. Ushbu «Samsung A-31» rusumli telefon apparati Sardor K. dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Raxmatillo N., Husanboy T., Muhammadali M., Muhammadsodiq S. va Xayrullo T. larga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, «Spark» rusumli avtomashinasini hech qanday tegishli hujjatlarsiz ijaraga berish bilan shug‘ullanib kelgan Marg‘ilon shahrida  yashovchi Bekzod A.ning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: