Tadbirkorni noqonuniy tekshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortildi

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) devonining Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, 2020 yilda tadbirkorlik sub’ektlarida 3388 ta tekshirish o‘tkazilgan. Ushbu tekshirishlarning qonuniyligi bo‘yicha Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan monitoring o‘tkazilganida, 74 holatda noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi va 71 holatda tekshirishlarning belgilangan tartibi buzilganligi aniqlandi. Natijada nazorat qiluvchi organlarining 78 nafar mansabdor shaxsiga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Seminar-trening yakunida kelgusida tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarda ularning huquq va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilinishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

 

Dovud Abibullayev,  O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: