O‘zbekistonda 6 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O‘zgidromet» xizmati 6 aprel, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–7, kunduzi 17–19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 4–9, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 4–9, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent va Namangan viloyatining 1600 metrdan baland bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: