O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich bugun 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirza Azizov musiqali teatr aktyori sifatida «Yusuf va Zulayho»da Fir’avn, «Farhod va Shirin» da Bahrom, «Nodirabegim» musiqali dramasida Madalixon, «Alpomishning qaytishi» spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: