Ob-havo yana o‘zgarishi mumkin: sovuq antitsiklon kirib kelmoqda

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 24-27° iliqgacha isiydi.

20-21-aprelda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so‘ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi.

20-aprelda kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida bo‘ladi.

21-aprelda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgacha pasayadi.

Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21-aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-21-aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.

Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.

22-aprelda sovuq antitsiklon periferiyasida harorat kechalari 3-8° iliqgacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgacha isiydi, 23- aprelda esa 22-25° iliqgacha ko‘tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: