Samarqandda yuk mashinasi ag‘darildi

Joriy yilning 23 aprel kuni soat 05:40larda, Samarqand viloyati, Narpay tumani hududidan o‘tgan M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yo‘lining 108-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1958 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, «Isuzu» avtomobili yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Manba: sof.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: