Afg‘onistonda havo hujumi oqibatida bir oiladan sakkiz kishi halok bo‘ldi

Minomyotdan o‘qqa tutish va aviahujumlar oqibatida Afg‘onistonning Vardak viloyatida yashovchi 12 kishi halok bo‘ldi, uch inson jarohat oldi. Bu haqda «TOLOnews» telekanali xabar berdi.

Mamlakat prezidenti Hamid Karzay hodisadan so‘ng qilgan murojaatida tomonlarni murosaga chaqirdi.

«Jalriz tumanining Zorlang qishlog‘ida bir oilaning kamida sakkiz a’zosi aviazarba oqibatida nobud bo‘lgan. Saidobod tumanidagi boshqa bir nizoda uyiga mina kelib tushgan bir oilaning to‘rt a’zosi halok bo‘lgan, uch nafar a’zosi jarohatlangan», — dedi Vardak viloyati kengashi a’zosi Sharifullo Hotak.

Telekanal xabariga ko‘ra, AQSh mamlakatdan o‘z qo‘shinini olib chiqishini e’lon qilganidan so‘ng qirg‘inbarotlar soni ko‘paygan.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: