«O‘zgidromet»: dam olish kunlari iliq va beqaror ob-havo bo‘ladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Aprel oyining so‘nggi kunlarida bahor fasliga hos bo‘lmagan issiq ob-havo kuzatildi. Buning sababi, Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishidir. 26-29 aprelda me’yordan 8-10° ga ko‘p bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 34-36° ga, janubda va cho‘l hududlarida 37-39° ga yetdi, bu aprel oyi oxiri uchun bo‘lgan rekord qiymatlarga yaqinlashdi, ayrim tumanlarda esa ushbu kunlar uchun haroratning yangi rekordi o‘rnatildi.

Bugun, aprel oyining oxirigi kuni respublika hududlari bo‘yicha Kaspiy dengizidan salqin va biroz nam havo kirib kelishi boshlandi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ldi, kunning birinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 25-28° atrofida bo‘ladi.

Ertaga faqat respublikaning eng sharqiy tumanlarida biroz beqarorlik saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li tumanlarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ushbu darajada saqlanib turadi.

Bugun va ertaga ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 29-32° gacha, janubda 34-37° gacha ko‘tariladi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: