Toshkentda hilpiragan SSSR bayrog‘i haqida: «Bu provokasiya, prokuratura javob berishi kerak»

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg‘araz konsert dasturida yo‘l qo‘yilgan g‘arazli provokasiyani keskin qoralaydi.

Biz san’atga qarshi emasmiz, san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz.

Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari va oqko‘ngil ajdodlarimizning qoniga bo‘yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz.

Bosh Prokuraturadan bu provokasiyaga tegishli baho berilishini kutib qolamiz.

Alisher Qodirov, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi

Manba: aniq.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: